Asia Pharm Group'da karyera

Nega Asia Pharm?

Oson moslashuv: Yangi xodimlar qiziqarli vazifalar va chaqiriqlarni bajarib, jamoaga oson va zavqli tarzda qo‘shilishadi
Rivojlanish: Kasbiy va shaxsiy o‘sish uchun ochiq imkoniyatlar.
Qo‘llab-quvvatlash: Karyerangizning har bir bosqichida murabbiylik va yordam olish.
Karyera o‘sishi: Karyera zinapoyasida yuqoriga ko‘tarilish va o‘z ambitsiyalarini amalga oshirish imkoniyatlari.
Qulay ofis sharoitlari: Toshkentning markazida joylashgan ofisimiz qulay va samarali ish muhitini ta'minlaydi.
Korporativ tushliklar: Kun davomida energiya va yaxshi kayfiyatni saqlash uchun mazali va xilma-xil tushliklar taqdim etamiz.

Vakansiyalar

Tibbiy vakil

Bizning jamoamizga qo‘shiling!
Vazifalar:
• Kompaniya mahsulotlarini targ‘ib qilish va taqdim etish.
• O‘z hududingizdagi sotuvlar bo‘yicha reja bajarilishini ta'minlash.
• Davolash muassasalari va dorixonalarni muntazam ravishda ziyorat qilish.
• Mahsulotlar haqida taqdimotlar va tadbirlar o‘tkazish.
• Dorixonalarda preparatlar mavjudligi va ularning joylashuvini nazorat qilish.
• Mahalliy va xalqaro konferensiyalarni tashkil qilish.

Talablar:
• Oliy yoki o‘rta tibbiy/farmatsevtika ma’lumoti.
• Kamida 1 yillik ish tajribasi.
• Kompyuter bilimlari (Word, Excel, PowerPoint).
• Rus va o‘zbek tillarini bilish.
• Komunikabel, mas’uliyatli va stressga chidamli bo‘lish.

Taklif qilinadigan sharoitlar:
• O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi bo‘yicha rasmiy ishga qabul qilish.
• Karyera o‘sishi va treninglar.
• Ish vaqti: Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00.
• Raqobatbardosh ish haqi + bonus va mukofotlar (5,000,000 – 15,000,000 so‘m).
• Ijtimoiy paket (transport xarajatlari va mobil aloqa qoplanadi).
• Do‘stona va professional jamoa.
Eslatma: Muvaffaqiyatli o‘quv jarayonidan so‘ng eng yaxshi nomzodlar saralab olinadi.
Biz bilan o‘sishga va rivojlanishga tayyor bo‘lsangiz, rezyume va motivatsion xatlaringizni kutib qolamiz!

Hududiy menejer

Hududiy menejer
Asia Pharm Group jamoasiga qo‘shiling!
Yangi premium brend ORZAX (Turkiyada ishlab chiqarilgan biologik faol qo‘shimchalar) yo‘nalishi bo‘yicha tajribali hududiy menejer qidiryapmiz.
Majburiyatlar:
1. Savdo strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish:
o Bozorni tahlil qilish, asosiy hududlar va maqsadli mijozlarni aniqlash.
o Savdo rejalari ishlab chiqish va ularning bajarilishini nazorat qilish.
o Maqsadga erishish uchun taktik rejalar ishlab chiqish.
2. Jamoani boshqarish:
o Tibbiy vakillarni yollash, o‘qitish va motivatsiya qilish.
o Vazifalarni belgilash va ularning bajarilishini nazorat qilish.
o Jamoa samaradorligini oshirish uchun muntazam uchrashuvlar va treninglar o‘tkazish.
3. Mijozlar bilan ishlash:
o Shifokorlar, dorixonalar va tibbiy muassasalar bilan uzoq muddatli munosabatlarni o‘rnatish va qo‘llab-quvvatlash.
o Muzokaralar o‘tkazish va shartnomalar tuzish.
o Mahsulotlarni targ‘ib qilish uchun konferensiyalar, seminarlar va ko‘rgazmalarda ishtirok etish.
4. Savdo rejasini va byudjetni bajarilishini nazorat qilish:
o Savdo rejalari bajarilishini tahlil qilish va hisobotlar tayyorlash.
o Mahsulotlarni targ‘ib qilish va marketing faoliyati uchun byudjetni boshqarish.
o Moliyaviy ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash.
5. Bozor va raqobatchi muhitni tahlil qilish:
o Farmatsevtika mahsulotlari bozorini kuzatib borish va raqobatchi muhitni tahlil qilish.
o Kompaniyaning mahsulot portfelini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
6. Ishbilarmonlik aloqalarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish:
o Hududda samarali ish olib borish uchun kompaniyaning marketing, logistika va yuridik bo‘limlari bilan hamkorlik qilish.


Talablar:
1. Boshqaruv ko‘nikmalari:
o Jamoani boshqarish tajribasi.
o Rejalashtirish va vazifalarni belgilash qobiliyati.
o Xodimlarni motivatsiya qilish va rivojlantirish ko‘nikmalari.
2. Kommunikatsion ko‘nikmalar:
o Yuqori darajadagi muzokaralar olib borish qobiliyati.
o Mijozlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish.
3. Analitik qobiliyatlar:
o Bozor va raqobatchi muhitni tahlil qilish ko‘nikmalari.
o Strategik fikrlash qobiliyati.
4. Savdo ko‘nikmalari:
o Farmatsevtika sohasida savdo va marketing jarayonlarini chuqur tushunish.
o B2B sotuvlar bo‘yicha tajriba.
5. Farmatsevtika bozorini bilish:
o Farmatsevtika sohasining o‘ziga xosliklari va tendensiyalarini bilish.
o Reglament talablar va sifat standartlarini tushunish.
6. Liderlik sifatlari:
o Jamoani ilhomlantirish va maqsadlarga erishishda yetakchilik qilish.
o Qaror qabul qilishda qat’iyat va mas’uliyatlilik.
Sharoitlar:
• 09:00 dan 18:00 gacha moslashuvchan ish tartibi (Dushanba–Juma).
• Rasmiy ishga qabul qilish.
• Kompaniya hisobidan doimiy o‘qish va rivojlanish.
• Kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.
• Munosib ish haqi va bonus tizimi.
Agar siz bu chaqiruvni qabul qilishga va bizning jamoamizga qo‘shilishga tayyor bo‘lsangiz, rezyume va motivatsion xatingizni yuboring!

    Sizning rezyumeingiz PDF yoki Word formatida